Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real" Rodrigoni sotish orqali tushgan pulga birdaniga ikki pozisiyasini kuchaytirib olishi mumkin

"Real" Rodrigoni sotish orqali tushgan pulga birdaniga ikki pozisiyasini kuchaytirib olishi mumkin

Hujumchi Rodrigo yaqin haftalarda "Real"ni tark etib, Angliya Premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Matbuot braziliyalikni bir vaqtning o‘zida APLning bir nechta top-klublari, jumladan, "Manchester Siti" bilan bog‘lamoqda.

Transfer News Live nashrining Defensa Central’ga tayanib xabar berishicha, "Real" Rodrigo transferidan 100 million yevro ishlab olmoqchi. "Qaymoqranglilar" bu pullardan ikki futbolchi - "Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate va "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uortonni sotib olishga harakat qiladi.

Rodrigo "Real" safida 270 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 68 ta gol va 51 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 21:52 17.08.2025. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!