Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini o‘z safida ko‘rishni juda ham istamoqda.
Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" kelishuvga braziliyalik hujumchi Rodrigo va yarim himoyachi Eduardo Kamavingani qo‘shishga, shuningdek, Xabi Alonso jamoasida asosiy figura sifatida ko‘rilayotgan "Oltin to‘p" sohibini qo‘lga kiritish uchun yana 40 million yevro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyida ispaniyalik xochsimon bog‘lamidan jarohat olgan edi. U 20 may kuni APLning 37-turidan o‘rin olgan "Bornmut"ga qarshi o‘yinda maydonga qaytdi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida u "shaharliklar" safida barcha o‘yinlarda maydonga tushdi.