Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda.
Cadena Ser xabariga ko‘ra, bunday transfer Vinisius Junior sotilsagina amalga oshishi mumkin. "Qaymoqranglilar" rahbariyati Xoland - Mbappe tandemini orzu qilmoqda va manbaga ko‘ra, Vinisius transferidan tushgan mablag‘ni norvegiyalik to‘purarni sotib olishga yo‘naltirishga tayyor.
Yakunlangan mavsumda Erling Xoland "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va sheriklariga beshta golli uzatmani amalga oshirdi.