"Real" rahbariyati Xabi Alonso va Vinisius o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emasligini biladi.
ESPN xabariga ko‘ra, klub murabbiy va vinger o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emasligini tushunadi. Klub rahbariyati braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasida "Marsel"ga qarshi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlashini eshitib, juda hayron bo‘lishdi.
Shu bilan birga, Rodrigo Alonsoga chap qanotda o‘ynash imkoniyati uchun kurashmoqchi ekanligini aytdi, bu esa uni Vinisiusning raqibiga aylantirdi.
Bu mavsumda Vinisius beshta o‘yinning ikkitasida zaxiradan maydonga tushdi va qolgan uchtasida ikkinchi bo‘limda almashtirildi.