Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

«Real» prezidentligiga nomzod: «Bizda juda qiziqarli loyiha bor...»

«Real» prezidentligiga nomzod: «Bizda juda qiziqarli loyiha bor...»

Ispaniyalik tadbirkor Enrike Rikelme «Real» prezidenti saylovlarida ishtirok etish qarori yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu «Real» uchun muhim kun, 20 yildan so‘ng biz ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bu biror kishiga qarshi qaratilgan nomzodlik emas. Bu — Madrid uchun. Bizda juda qiziqarli loyiha bor... Men klub a’zolaridan qo‘rqmasliklarini so‘ragan bo‘lardim», — deya tadbirkorning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Rikelme o‘z nomzodini qo‘yish niyatida ekanini 21 may kuni e’lon qilgan edi, 23 mayda esa u shaxsan «Real» ofisiga o‘z arizasini topshirdi. Saylovlar 7 iyunga belgilangan.

Avvalroq, «Real»ning amaldagi prezidenti Florentino Peres jamoaning 2025/26 yilgi mavsumdagi noaniq natijalari fonida muddatidan oldin saylov o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Peresning o‘zi ham ovoz berish jarayonida ishtirok etish niyati borligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Real» Ispaniya chempionatining 2025/26 yilgi mavsumini ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Kiritildi: Bugun 11:44. O'qildi: 170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!