Ispaniyalik afsonaviy tennischi Rafael Nadal kelajakda Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peresning o‘rnini egallashi mumkin.
Goal.com portali xabar berishicha, ayni paytda Nadalni "qirollik klubi" direktorlar kengashi tarkibiga kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Bu masala yuzasidan ovoz berish 21 noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Nadalning klub rahbariyatiga qo‘shilishi uning kelajakda prezidentlik lavozimini egallashi uchun imkoniyat yaratishi mumkin. Biroq hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, "Real" Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 27 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Madridliklar peshqadam "Barselona"dan uch ochko ortda qolmoqda.
Joze Mourinyo shogirdlari 7 noyabr kuni La Liga doirasida safarda "Valensiya"ga qarshi maydonga tushadi.