Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Real" Oliseni sotib olish uchun transfer rekordini yangilashiga to‘g‘ri keladi

"Real" Oliseni sotib olish uchun transfer rekordini yangilashiga to‘g‘ri keladi

Madridning "Real" klubi "Bavariya" vingeri Maykl Oliseni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Biroq fransuz futbolchisining transferi uchun juda katta mablag‘ talab qilinishi mumkin.

Diario AS nashrining xabar berishicha, myunxenliklar 24 yoshli futbolchining transfer narxini 300 million yevro etib belgilagan.

"Real" rahbariyati Olise bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Ayniqsa, futbolchining hali "Bavariya" bilan yangi shartnoma imzolamagani madridliklar e’tiborida turibdi.

Ayni paytda Fransiya terma jamoasi futbolchisining nemis klubi bilan amaldagi kelishuvi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Maykl Olise joriy mavsumda Germaniya Bundesligasida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:20 16.11.2026. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik