"Real Madrid" yozda himoya va yarim himoyani kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Marca xabariga ko‘ra, Madrid klubi o‘ng va chap qanot himoyachisi hamda yarim himoyachi sotib olish ustida ishlamoqda. Klub David Alaba, Eder Militao va Antonio Ryudigerning sog‘lig‘i haqida qayg‘urayotgani uchun markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash ham mumkin.
"Real Madrid"ning yozgi transfer oynasidagi ustuvor vazifasi Trent Aleksandr-Arnoldni qo‘lga kiritishdir. Klub rahbariyati "Liverpul" himoyachisining jamoaga qo‘shilishi kafolatlangan deb hisoblamoqda. Agar "Liverpul" uni 1-10 iyun kunlari davom etadigan qo‘shimcha transfer oynasida qo‘yib yuborishga rozi bo‘lsa, Trent klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Real"da o‘ynashi mumkin.
Xabar qilinishicha, klub rahbariyati "Bornmut" futbolchisi Milosh Kerkezning nomzodini muhokama qilmoqda, "Real Madrid" so‘nggi bir necha hafta ichida 21 yoshli himoyachining o‘yinini diqqat bilan kuzatib borgan. Aleksis MakAllister potensial yarim himoyachi sifatida tilga olingan.