Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

«Real»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

«Real»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

«Real» matbuot xizmatining xabar berishicha, hujumchi Kilian Mbappe yanvar oyi yakunlariga ko‘ra Madrid klubining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ushbu sovrin uchun kurashda fransiyalik forvard darvozabon Tibo Kurtua, yarim himoyachilar Arda Gyuler va Federiko Valverde, shuningdek, hujumchi Vinisius Juniorni ortda qoldirdi. O‘tgan oyda Mbappe «Real» tarkibida barcha musobaqalarda beshta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kilian Mbappe 2024 yilda «PSJ»dan «Real»ga erkin agent sifatida o‘tgan edi. Uning «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda hujumchi Madrid klubi safida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!