«Real» himoyachisi David Alaba jarohat olib yana safdan chiqdi.
«Real» klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tibbiy tekshiruvlar avstriyalik himoyachining son mushaklari shikastlanganini ko‘rsatgan.
Jurnalist Xose Luis Sanches xabariga ko‘ra, Alaba 2-3 haftaga safdan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Alaba 2023 yilning dekabrida xochsimon paylari uzilishi oqibatida 2025 yilning yanvar oyigacha tiklanish jarayonini o‘tkazdi. U safga qaytganidan keyin Madrid klubi safida 4 o‘yinda maydonga tushib, jami 70 daqiqa maydonda harakat qilgan edi.