Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

«Real»ning olti nafar futbolchisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi

«Real»ning olti nafar futbolchisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi

"Real"ning kadrlar bilan bog‘liq muammolari kun sayin og‘irlashmoqda. Seshanba kuni klub uch nafar himoyachining – Antonio Ryudiger, David Alaba va Ferlan Mendining jiddiy jarohat olganini e’lon qildi.

Shunday qilib, "Real"ning birdaniga olti nafar futbolchisi mavsum oxirigacha maydonga tusha olmaydi:

— Dani Karvaxal (xochsimon paylarning yirtilishi, oktyabr oyidan beri jarohatlangan);
— Eder Militao (xochsimon paylarning yirtilishi, noyabr oyidan beri jarohatlangan);
— Eduardo Kamavinga (chap son mushagi paylarining to‘liq yirtilishi);
— Antonio Ryudiger (chap tizzaning tashqi meniskining qisman yirtilishi);
— David Alaba (chap tizzaning ichki meniskining yirtilishi);
— Ferlan Mendi (o‘ng sonning to‘g‘ri mushagi proksimal paylarining yirtilishi).

Kiritildi: 14:11 30.04.2025. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!