Antonio Ryudiger jarohati tufayli bir oydan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yuboradi.
"Real" himoyachisi tizzasidagi o‘tkir og‘riq tufayli "Barselona" bilan Ispaniya kubogi finalida (2:3) o‘yinni yakunlay olmadi.
Futbolchi chap tizzasi tashqi meniskusining qisman yirtilib ketishi tufayli operasiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Nemisning tiklanishi 6-8 hafta davom etadi.
Ryudiger joriy mavsumda La Ligada 29 ta o‘yin o‘tkazdi.