Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

«Real»ni boshqarish uchun asosiy nomzod ma’lum

A A A
«Real»ni boshqarish uchun asosiy nomzod ma’lum

Ispaniyalik sobiq futbolchi Raul Gonsales yangi mavsumda «Real» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda Marca.

Manbaning yozishicha, Zineddin Zidan yozda jamoani tark etish haqida o‘ylayotgani sababli klub rahbariyati fransiyalik mutaxassis o‘rniga jamoaning yana bir afsonasi – Raul Gonsalesni taklif etishni rejalashtirmoqda. Florentino Peres Raul bilan doimiy aloqada bo‘lib turgani uchun aynan u jamoani boshqarish uchun asosiy nomzodga aylangan.

Raul 2018 yildan murabbiylik faoliyatini boshlab, 2019 yildan buyon «Real»ning farm-klubi sanalmish «Kastilya»ni boshqarib kelmoqda. 43 yoshli mutaxassis 2020 yilda madridliklar bilan UYEFA o‘smirlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, Zidan 2019 yilning mart oyida «Real»da ikkinchi marta ish boshlagandi. Klub ushbu mutaxassis qo‘l ostida o‘tgan mavsum La Liga chempionligini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 09:40 16.05.2021. O'qildi: 3813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!