Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe hamon jarohatini davolay olmayapti.
26 yoshli futbolchi Fransiya terma jamoasi safida Ozarbayjonga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinda jarohat olgan. Dastlab, hujumchi "Real"ning "Xetafe" bilan yaqinlashib kelayotgan o‘yiniga qadar to‘liq tiklanishga ulgurishi taxmin qilingan edi, ammo futbolchining ahvoli hali ham yaxshi emas. L’Equipe xabariga ko‘ra, Mbappe hamon to‘pig‘ida og‘riq his qilmoqda, shu bois uning La Ligada bo‘lajak jangda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.
"Real" yulduz fransuzning tayyorgarligini juma va shanba kungi jamoaviy mashg‘ulotlarda baholaydi, Mbappeni tarkibga qo‘shish bo‘yicha yakuniy qaror esa yakshanba kuni, o‘yindan oldin qabul qilinadi.