Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" muxlislari klubda debyut qilgan futbolchiga haqoratlar yo‘llashdi

"Real" muxlislari klubda debyut qilgan futbolchiga haqoratlar yo‘llashdi

"Real" muxlislari klasikoda xatoga yo‘l qo‘ygan vinger Viktor Munyosni haqorat qildi.

Madridliklar La Liga 35-turi doirasida "Barselona"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (3:4). "Kastilya"dan 21 yoshli Munyos "Real"ning asosiy jamoasidagi debyutini o‘tkazdi va o‘yinning 87-daqiqasida Vinisius Junior o‘rniga maydonga tushdi.

89-daqiqada Munyos "Barselona" darvozasiga Voychex Shesni bilan birga-bir chiqib, hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo u darvozani aniq nishonga ololmadi. Final hushtagidan so‘ng vinger maydonni yig‘lab tark etdi.

O‘yindan keyin Munyos "Real" muxlislari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlarga uchradi, shu sababli u o‘z postlariga izoh qoldirishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Shuningdek, COPE xabariga ko‘ra, lotin amerikalik qo‘shiqchi Viktor Munyos ham haqoratlarga uchragan, muxlislarning bir qismi uni futbolchi bilan adashtirib yuborgan.

Kiritildi: 06:11 12.05.2025. O'qildi: 1031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!