Muxlislar "Real"dan Krishtianu Ronalduni klubga qaytarishni so‘ramoqda.
Avvalroq, bugun 40 yoshli hujumchi "An-Nasr"ni tark etishi e’lon qilinishi mumkinligi xabar qilingandi.
"Real"ning Valdebesdagi qarorgohida "Florentino, CR7'ni olib kel" degan yozuvli plakat paydo bo‘ldi. Maktub Madrid klubi prezidenti Florentino Peresga yo‘llangan.
Ronaldu 2009-2018 yillarda "Real" sharafini himoya qilgan. U klub safida 438 ta o‘yin o‘tkazib, 450 ta gol urgan, shuningdek, u bilan to‘rt marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.