Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" Mbappe dubl qayd etgan o‘yinda "Selta"ni mag‘lub etdi

"Real" Mbappe dubl qayd etgan o‘yinda "Selta"ni mag‘lub etdi

"Real" o‘z maydonida Ispaniya La Ligasining 34-turida "Selta"ni mag‘lub etdi - 3:2.

Madridliklar safida Kilian Mbappe dublni rasmiylashtirdi. 39 va 48-daqiqalarda fransuz gol urdi. Arda Gyuler (33-daqiqa) o‘z hisobiga gol va assist yozdirib qo‘ydi.

Madridliklar o‘yin davomida 3:0 hisobida oldinda borayotgandi, biroq Xavi Rodriges (69) va Villiott Svedbergning (76) gollaridan keyin g‘alabani boy berib qo‘yishiga bir baxya qoldi.

"Real" (75 ochko) La Ligada 2-o‘rinda bormoqda. Karlo Anchelotti jamoasi peshqadam "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda. "Selta" (46) turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 19:04 04.05.2025. O'qildi: 965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!