Madridning "Real" klubi muxlislari "Barselona"ning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligidan xursand.
Kecha kataloniyaliklar yarim final javob o‘yinida "Inter"ga (3:4) mag‘lub bo‘lib, turnirdan chiqib ketishdi.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, bugun "Real Madrid" sport shaharchasi oldida "Grazie Inter" (Rahmat Inter) yozuvi paydo bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 may kuni "Barsa" o‘z maydonida "Real"ni qabul qiladi.