Bugun 11 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real" "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan oldin yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi

"Real" "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan oldin yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi

“Real Madrid”ning yana bir himoyachisi Lukas Vaskes jarohat oldi.

Futbolchi chap son orqa qismidagi mushak jarohatini olgan. 33 yoshli futbolchi 2-3 haftani o‘tkazib yuboradi.

U endi 11 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.

Vaskes joriy mavsum La Ligada 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Avvalroq Ryudiger kamida 3 haftaga safdan chiqqani ma’lum bo‘lgandi. Keyinroq David Alaba 2-3 haftaga safdan chiqqan edi.

Kiritildi: 23:21 09.02.2025. O'qildi: 2133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!