Madridning "Real" klubi "Manchester Siti"ning 34 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uokerni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (2:5) "qaymoqranglilar" himoya chizig‘ini, ayniqsa, uning o‘ng qanotini kuchaytirish zarurligiga yanada ishonch hosil qilishdi.
Qayd etilishicha, Uoker varianti "Real" klubi "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni shu qishda qo‘lga kirita olmasligini anglab yetgach, masalani yozgacha yechimi sifatida ko‘rib chiqila boshlagan.