Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Husanov "Man Siti" libosi bilan (foto)

A A A
Husanov "Man Siti" libosi bilan (foto)

«Manchester Siti» klubi Abduqodir Husanov transferini rasman e’lon qilmagan bo‘lsa-da, uning klub sport direktori Chiki Begiristayn bilan tushgan surati tarmoqlarda tarqaldi.

O‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachi shartnoma imzolash Manchesterga yetib borgan. U bilan agenti G‘ayrat Xasbulindan tashqari, futbolchining vakili sifatida qozog‘istonlik Ulug‘bek Asanbayev ham borgan.

Meta-ratings.kz saytining qayd etishicha, shartnoma imzolash chog‘ida «Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham ishtirok etgan. Aynan ispaniyalik murabbiy Husanovning transferini istagan.

Eslatib o‘tamiz, Husanov kuni kecha Manchesterda tibbiy ko‘rikdan o‘tgandi.

Husanov "Man Siti" libosi bilan (foto)

Husanov "Man Siti" libosi bilan (foto)

Kiritildi: 23:32 18.01.2025. O'qildi: 17314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!