Rodrigo "Real Madrid"ning azaliy raqibiga qo‘shilishi mumkin.
UOL nashri xabariga ko‘ra, madridliklar vingeriga "Barselona" qiziqmoqda.
Kataloniyaliklar vaziyatni kuzatib borishmoqda va braziliyalik futbolchi jamoani o‘zgartirishga qaror qilsa, muzokaralarni boshlashga tayyor ekanliklarini bildirish uchun vositachilar bilan bog‘lanishgan.
Rodrigo so‘nggi paytlarda "Real Madrid" jamoasiga kiritilmadi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida u asosiy tarkibda faqat "Al-Hilol"ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va ikki marta zahiradan maydonga tushdi.