Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real Madrid" Xabi Alonso bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

"Real Madrid" Xabi Alonso bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Madridning “Real” klubi yangi bosh murabbiy bilan kelishib oldi. Marca nashri xabariga ko‘ra, "qirollik" klubi rahbariyati hozirda "Bayer"da ishlayotgan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso bilan 3 yillik mehnat shartnomasi bo‘yicha kelishib olgan.

Murabbiy joriy mavsum yakunida Madrid grandi safiga qo‘shiladi. Alonso "qaymoqranglilar" boshqaruvida italiyalik murabbiy Karlo Anchelottini almashtiradi. Bu mavsumda "Real Madrid" UEFA Chempionlar Ligasi va Ispaniya Kubogida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

La Liga turnir jadvalida Madrid klubi peshqadam “Barselona”dan 4 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 11:52 09.05.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!