Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

"Real Madrid" markaziy himoyachisi faoliyatini yakunlashi mumkin

"Real Madrid" markaziy himoyachisi faoliyatini yakunlashi mumkin

Madridning "Real" klubi va Germaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger jarohati sabab professional faoliyatini yakunlashi mumkin.

El Confidencial nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga erta bosqichda artroz tashxisi qo‘yilgan. Ushbu kasallik bo‘g‘imlarda xaftaga tushadigan to‘qimalarni yo‘q qilishga olib keladi.

Qayd etilishicha, Madridning "Real" klubi Ryudigerning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqida bilgan, biroq nemis futbolchisi o‘rniga himoyachilarni transfer qilishdan bosh tortgan.

Antonio Ryudiger 2022 yilning yozida "Chelsi"dan "Real"ga tekinga o‘tgandi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Umuman olganda, 32 yoshli futbolchi joriy mavsumda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 22:42 30.04.2025. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!