Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

"Real" "Liverpul"ning yana bir yulduz himoyachisini ham tekinga olishni ko‘zladi

"Real" "Liverpul"ning yana bir yulduz himoyachisini ham tekinga olishni ko‘zladi

Madridning “Real” jamoasi navbatdagi transfer strategiyasi sifatida yana bir yulduz futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shishni ko‘zlamoqda.

Avvalroq “qirollik klubi” Kilian Mbappe bilan shartnoma tuzgan edi, endi esa “Liverpul”ning himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold ham ushbu yo‘ldan borishi kutilmoqda. Marca nashri xabariga ko‘ra, “Real”ning diqqat markazida yana bir “qizillar” futbolchisi — Ibraima Konate turibdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real” fransuz markaziy himoyachisining “Liverpul” bilan 2026 yil yozida tugashi kerak bo‘lgan shartnomasini uzaytirmasligiga umid qilmoqda. Agar shunday bo‘lsa, “qaymoqranglilar” Konateni ham erkin agent sifatida olib kelishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 12:36 07.05.2025. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!