Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Real» «Liverpul» futbolchisi uchun o‘z yarim himoya yulduzini taklif qilmoqda

«Real» «Liverpul» futbolchisi uchun o‘z yarim himoya yulduzini taklif qilmoqda

"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda "Topskills Sport UK" nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi vengriyalik futbolchining agenti bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan. Kelishuv doirasida "qaymoqranglilar" "qizillar"ga o‘z yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani taklif qilishga tayyor.

Qayd etilishicha, "Liverpul" Soboslaini qo‘yib yuborishni istamayapti va uni faqat 160 million yevro evaziga sotishga rozi bo‘lishi mumkin. Futbolchining o‘zi esa haftasiga 350 000 yevro miqdorida ish haqi olmoqchi.

Kiritildi: 23:28 10.02.2026. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!