Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kreml Putin reytingining pasayishidan xavotirda

Kreml Putin reytingining pasayishidan xavotirda

Kreml Putin reytingining pasayishidan xavotirlanib, internet cheklovlariga bo‘lgan yondashuvni qayta ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg.

.Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining (FXX) internet tarmog‘i ustidan nazoratni kuchaytirishga bo‘lgan intilishi ba’zi yuqori martabali rossiyalik amaldorlarni internetga kirishni taqiqlash bilan bog‘liq siyosiy va iqtisodiy xavf-xatarlar haqida ogohlantirishga undagan.

"Bu repressiv choralarni sekinlashtirib, Rossiyada Telegram'ning ishlashda davom etishiga imkon berishi mumkin", — deydi agentlik manbalari.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bloomberg'ning ushbu xabarga izoh berish borasidagi so‘roviga javob bermadi.

Kiritildi: 19:45 14.04.2026. O'qildi: 858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!