Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Pekin AQShning yangi bojlar haqidagi tahdidiga javob qaytarishini ma’lum qildi

Pekin AQShning yangi bojlar haqidagi tahdidiga javob qaytarishini ma’lum qildi

Xitoy TIV Donald Trampning Pekin Eronga harbiy yordam ko‘rsatgan taqdirda Xitoy tovarlariga qo‘shimcha bojlar joriy etish haqidagi tahdidiga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi.

Vazirlik vakili Go Szyakun agar Vashington ushbu bahona bilan bojlarni oshirishda davom etsa, Xitoy albatta qat’iy javob choralarini ko‘rishini ta’kidladi.

Shuningdek, Xitoy rasmiysi Pekinning Eronga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgani haqidagi xabarlarni "mutlaqo uydirma" deb atadi. Pekin Qo‘shma Shtatlarning bunday bosimlarini asossiz deb hisoblashini va o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga tayyorligini ma’lum qilmoqda.

Kiritildi: 18:56 14.04.2026. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!