Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Real": La Ligada hakamlar juda katta xatolar qilmoqda

"Real": La Ligada hakamlar juda katta xatolar qilmoqda

"Real" hamon Ispaniya chempionatidagi hakamlikdan norozi.

ESPN xabariga ko‘ra, "Madrid" hakamlar texnik qo‘mitasidagi (CTA) yozgi o‘zgarishlarga qaramay, La Ligadagi hakamlar ishi sifatidan xavotirda. Shu bilan birga, klubdagilar mavsum davomida vaziyat o‘zgarishiga umid qilmoqda.

Ayniqsa, "Real"ni "Malyorka"ga qarshi o‘yinda (2:1) turkiyalik futbolchining qo‘l bilan o‘ynagani tufayli Arda Gyulerning goli bekor qilingani xavotirga soldi. Klubning fikricha, ushbu vaziyatda hakam Xose Mariya Sanches Martines hujumda qo‘l bilan o‘ynash qoidasini noto‘g‘ri talqin qilgan.

Bundan tashqari, "Real" "Alaves" - "Atletiko" (1:1) va "Rayo Valyekano" - "Barselona" (1:1) o‘yinlaridagi hakamlarning qarorlaridan g‘azabda. "Madrid"dagilar Jliano Simeonening goli va Lamin Yamalaning penalti tepishi "aniq hakamlik xatolari" deb hisoblashmoqda.

Kiritildi: 20:50 02.09.2025. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!