Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini katta foyda bilan yakunladi

"Real" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini katta foyda bilan yakunladi

Madridning "Real" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini katta foyda bilan yakunladi.

Xabi Alonso jamoasi yarim finalga qadar yetib borib, "Pari Sen-Jermen"ga yirik hisobda yutqazdi (0:4). "Qaymoqranglilar" sovrinni qo‘lga kirita olmadi, ammo iqtisodiy jihatdan KO‘JCh madridliklarga foyda keltirdi: Madrid Zone xabariga ko‘ra, umumiy hisobda klub erishilgan yutuqlar uchun taxminan 93 million dollar (deyarli 80 million yevro) mukofot puli ishlab oldi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida "PSJ" va Londonning "Chelsi" klublari bellashadi. Hal qiluvchi o‘yin 13 iyul, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:01 10.07.2025. O'qildi: 1070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!