Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

"Real" kelasi yozda katta maosh oladigan futbolchisi bilan tekinga xayrlashadi

"Real" kelasi yozda katta maosh oladigan futbolchisi bilan tekinga xayrlashadi

David Alaba, ehtimol, "Real"dagi so‘nggi mavsumini o‘tkazadi.

24 iyunda 33 yoshga to‘lgan avstriyalik himoyachining shartnomasi kelasi yili tugaydi.

AS nashri xabar berishicha, "Real" unga shartnomani uzaytirishni taklif etmaydi. Alaba jamoaning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi - mavsumiga 19,5 million yevro.

Ma’lum qilinishicha, David jamoada joriy mavsum Antonio Ryudiger, Din Xeysen, Eder Militao va Raul Asensiodan keyin beshinchi markaziy himoyachiga aylanadi.

Bundan tashqari, tizza jarohati va keyingi jarrohlik amaliyoti uning avvalgi darajasiga qaytishiga to‘sqinlik qilmoqda. Himoyachiga to‘laqonli o‘yinga qaytishi uchun hali ham vaqt kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 18:09 25.06.2025. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!