Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" katta maosh oladigan futbolchisi bilan xayrlashadi

"Real" katta maosh oladigan futbolchisi bilan xayrlashadi

Avstriyalik himoyachi David Alaba joriy mavsum yakunlangach, "Real"ni tark etishi mumkin. Bu haqda The Athletic jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" 32 yoshli futbolchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli u bilan xayrlashish haqida o‘ylamoqda. "Qaymoqranglilar" Alabaning ketishi bilan maoshlar jadvalini ham yengillashtirmoqchi. Uning Madrid grandidagi maoshi yiliga taxminan 22,5 million yevroni tashkil qiladi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida avstriyalik 7 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta sariq kartochka olgan. David va "qaymoqranglilar" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Kiritildi: 16:01 03.05.2025. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!