Bugun 1 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

“Real” ikki yulduzga 250 million yevro to‘lamoqchi

“Real” ikki yulduzga 250 million yevro to‘lamoqchi

Madridning “Real” klubi 2026 yilning yozida tarkibda o‘zgarish qilish uchun ikki yirik transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Fichajes nashri.

Manbaga ko‘ra, madridliklarga “Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Rays va “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Bredli Barkola kerak.

“Qirollik klubi” rahbariyati bu transferlar uchun sport bo‘limiga 250 million yevro ajratishni reja qilgan. Har ikki o‘yinchi ham yozga mo‘ljallangan asosiy transfer nishoni hisoblanadi.

Bu bitimlar Rodrigo va Eduardo Kamavinga sotilishi hisobiga moliyalashtirilishi mumkinligi aytilmoqda.

Kiritildi: 23:41 30.11.2025. O'qildi: 1164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!