Bugun 1 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiya Qora dengizda neft tankerlariga qilingan hujumlarni qoraladi

Turkiya Qora dengizda neft tankerlariga qilingan hujumlarni qoraladi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, Anqara Gambiya bayrog‘i ostida harakatlangan Kairos va Virat savdo tankerlariga qilingan hujumlarni “xavotir bilan” kuzatmoqda.

"Qora dengizdagi bizning eksklyuziv iqtisodiy hududimizda sodir bo‘lgan bu hodisalar mintaqadagi kemalar qatnovi, insonlar hayoti, mol-mulk va atrof-muhit xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirdi", deyiladi Turkiya TIV bayonotida.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Turkiya qirg‘oqlari yaqinida Rossiyaning “soya floti”ga tegishli ikki tankerning portlashi Ukraina Xavfsizlik xizmatining (SBU) maxsus amaliyoti natijasi ekanligi haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 20:45 30.11.2025. O'qildi: 961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!