Bugun 28 fevral, 2025 yil, juma

КИР

“Real” hujumchisiga katta summa taklif qilishdi

“Real” hujumchisiga katta summa taklif qilishdi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo rekord summa evaziga Saudiya klubiga o‘tishi mumkin.

Saudiya Arabistoni chempionatining nomi oshkor etilmagan vakili braziliyalik futbolchining transferi uchun 300 million yevro to‘lashga tayyor edi, deb xabar bermoqda jurnalist Edu Agirre.

24 yoshli futbolchining o‘ziga yiliga 140 million yevro maosh taklif qilishgan, ammo u rad javobini bergan.

Oxirgi kunlarda ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rodrigo uchun Saudiya ligasiga o‘tish varianti hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda - keyingi yozda yangi taklif kelishi mumkin. “Qaymoqranglilar” forvardi esa haligacha bu kelishuvga qiziqmayapti.

Kiritildi: 12:04 31.01.2025. O'qildi: 991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!