Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" hujumchisi jamoadan ketganini e’lon qildi

"Real" hujumchisi jamoadan ketganini e’lon qildi

Madridning "Real" klubi 21 yoshli hujumchi Alvaro Rodrigesning "Elche"ga o‘tganini rasman tasdiqladi.

Xabar klub saytida e’lon qilindi. Xayrlashuv so‘zida "qaymoqranglilar" futbolchiga klub tizimida o‘tkazgan yillar davomidagi mehnati va professional munosabati uchun minnatdorchilik bildirib, Rodriges va uning oilasiga faoliyatining yangi bosqichida omad tiladi.

Rodriges 2020 yilda o‘n olti yoshida "Real" akademiyasiga qo‘shilgan, keyin "Kastilya"da (Madridning ikkinchi jamoasi) uch mavsum o‘tkazgan va 2023 yilning yanvarida asosiy tarkibda debyut qilgan. Hujumchi o‘tgan mavsumni "Xetafe"da ijara asosida o‘tkazdi.

Kiritildi: 07:39 23.07.2025. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!