Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Real» himoyachisiga yangi da’vogar paydo bo‘ldi

«Real» himoyachisiga yangi da’vogar paydo bo‘ldi

Manbalar xabariga ko‘ra, «Real Madrid»ning avstriyalik himoyachisi David Alaba yozda jamoasini o‘zgartiradi.

Madridliklar futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Alaba Bundesligaga qaytishi mumkin. Unga «Hoffenhaym» klubi qiziqish bildirgan. Futbolchining taxminiy bozor qiymati — 4 million yevro.

David Alaba «Real» safida La Ligada 76 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U shu o‘yinlarda 3 ta gol urgan va 7 ta golli pas bergan.

Kiritildi: 23:42 13.10.2025. O'qildi: 986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!