Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real"ga "Manchester Siti" himoyachisini taklif qilishdi

"Real"ga "Manchester Siti" himoyachisini taklif qilishdi

"Qirollik klubi"dagilar bu taklifni ko‘rib chiqishga qarshi emaslar.

Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Madrid klubiga turli takliflar kelib tushdi, shulardan biri "Manchester Siti"ning markaziy himoyachisi Manuel Akanjini sotib olish bo‘ldi. "Real"dagilar bu xabardan hayratlanishdi.

Ta’kidlanishicha, hozirda jarohatdan tiklanayotgan shveysariyalik futbolchi yangi jamoada o‘zini sinab ko‘rish va vaziyatni o‘zgartirish istagida. Biroq Akanjining transferi "Real"ning yosh futbolchilarni sotib olishga qaratilgan strategiyasiga mos kelmaydi. Ushbu strategiyaga ko‘ra, klub uzoq vaqt davomida ustunlik qila oladigan yoshlarga e’tibor beradi.

Joriy mavsumda 29 yoshli himoyachi APLda 20 ta o‘yin o‘tkazdi.

Kiritildi: 14:24 25.03.2025. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!