Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real" futbolchilarga o‘z kelajagini o‘ylab ko‘rishni yetkazdi

"Real" futbolchilarga o‘z kelajagini o‘ylab ko‘rishni yetkazdi

"Real" futbolchilari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida o‘tkazishdi. Madridliklar yarim finalga chiqdi, u yerda "PSJ"dan alamli mag‘lubiyat qabul qilindi - 0:4. Ayni damda "qaymoqranglilar" futbolchilari ta’tilda.

Transfer News Live nashrining jurnalist Xose Feliks Diasga tayanib xabar berishicha, "Real"ning asosiy tarkibidagi barcha futbolchilar bo‘lajak mavsumdagi vazifalari haqida xabardor qilingan. Ta’tilda har bir o‘yinchi o‘z kelajagini o‘ylab ko‘rishi va qaror qabul qilishi mumkin.

Qayd etilishicha, hujumchi Rodrigoga muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish qiyin bo‘ladi, shu bois braziliyalik futbolchi jamoani tark etishi mumkin.

Kiritildi: 16:56 23.07.2025. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!