«Real» rahbariyati Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»dan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyatga (2:5) qaramay, Karlo Anchelottiga ishonch bildirmoqda.
The Athletic xabariga ko‘ra, klub rahbariyati Ispaniya Superkubogidagi mag‘lubiyatdan keyin Karlo Anchelottining iste’fosi haqida tarqalgan xabarlardan hayron qolgan. Klub rahbariyati murabbiyning ishiga mart yoki aprel oyida baho berish mumkin deb hisoblamoqda va hozircha xulosaga shoshilmaydi.
Shuningdek, Superkubokdagi mag‘lubiyat «Real»ning yanvar oyidagi transfer rejalariga ham ta’sir qilmasligi xabar qilingan. Anchelotti tarkibni kuchaytirishni istayotgan bo‘lsa-da, klub yangi o‘yinchilarni sotib olishni rejalashtirmayapti. Transfer faqat «Liverpul» Trent Aleksandr-Arnoldni qishda qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.