"Real" jarohatlar tufayli ikki futbolchisidan ayrildi.
Madridliklar Ispaniya chempionatining 33-turida "Xetafe"ni mag‘lub etdi (1:0).
Tanaffusda chap oyog‘ida noqulaylik sezgan himoyachi David Alaba zaxiraga olindi. Uning o‘rniga Eduardo Kamavinga maydonga tushdi.
Fransuz deyarli o‘yin oxirigacha o‘ynadi, biroq qo‘shib berilgan daqiqalar boshida u ham maydonni tark etdi. Eduardo Luis Milyaning qo‘polligi tufayli jarohat oldi. "Real"da o‘zgarish qolmagandi, jamoa 10 kishi bo‘lib o‘yinni yakunladi.
26 aprel kuni madridliklar Ispaniya kubogi finalida "Barselona" bilan o‘ynaydi.