«Real»da Karlo Anchelotti borasida shubhalar kuchaymoqda.
Relevo xabariga ko‘ra, agar jamoa Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga chiqa olmasa, italiyalik mutaxassis haydaladi.
Bu holatda Anchelottining o‘rnini vaqtinchalik murabbiy sifatida Madrid klubi direktori Santiyago Solari egallaydi.
Ma’lumot uchun, argentinalik 48 yoshli mutaxassis 2018-2019 yilgi mavsumda ham «Real»ni vaqtincha boshqargan.