«Manchester Siti» ustidan qozonilgan g‘alaba «Real» uchun yubiley bo‘ldi.
Karlo Anchelotti jamoasi safarda «shaharliklar»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Bu — «Real»ning Chempionlar Ligasi va Yevropa Chempionlar Kubogi doirasidagi 300-g‘alabasi. Madrid klubi birinchi bo‘lib bu marrani zabt etdi.
Keyingi o‘rinlarga «Bavariya» (241), «Barselona» (209), «Manchester Yunayted» (161) va «Yuventus» (157) joylashgan.