Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

«Real»da «Barselona»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng 5 nafar yulduzning taqdiri so‘roq ostida qoldi

«Real»da «Barselona»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng 5 nafar yulduzning taqdiri so‘roq ostida qoldi

«El-klasiko»dagi mag‘lubiyatdan so‘ng «Real»ning besh nafar futbolchisi kelajagi navbatdagi transfer oynasi oldidan so‘roq ostida qoldi», — deb yozadi dushanba kuni Defensa Central nashri.

Maqolada «Kamp Nou»dagi o‘yinda harakatlari qoniqarsiz deb topilgan futbolchilar haqida so‘z boradi. Ushbu «qora ro‘yxat»dan Jud Bellingem, Vinisius Junior, Antonio Ryudiger, Orelyen Tchuameni va Eduardo Kamavinga o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni «Real» «Barselona»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu «el-klasiko»dan so‘ng «ko‘k-anorranglilar» Ispaniya chempionati turnir jadvalida yetib bo‘lmas darajada ilgarilab ketishdi. So‘nggi vaqtlarda yozda «Real» bosh murabbiyligiga Joze Mourinyo qaytishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar ham avj olmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:15. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!