Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Real» «Chelsi»ning ikki yulduzini nishonga oldi

«Real» «Chelsi»ning ikki yulduzini nishonga oldi

TBR Football xabariga ko‘ra, "Real" "Chelsi"ning ikki markaziy yarim himoyachisi - ekvadorlik Moyses Kaysedo va argentinalik Enso Fernandesga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ispan klubi rahbariyati ularni maydon markazida uzoq yillik asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ikkala futbolchi ham ingliz klubiga rekord darajada qimmatga tushgan - jami 207 mln funt. Enso Fernandes 2023 yilning qishida "Benfika"dan 100 mln funt evaziga "Chelsi"ga o‘tgan bo‘lsa, Moyses Kaysedo "Brayton"dan 107 mln funt evaziga 2024 yilning yozida transfer qilingan.

Hozircha muzokaralar rasman tasdiqlanmagan, ammo Madrid klubining "Chelsi" futbolchilariga qiziqishi bir necha manbalar tomonidan tasdiqlanmoqda. Agar kelishuvga erishilsa, transferlar La Liga tarixidagi so‘nggi yillardagi eng shov-shuvlilaridan biriga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 13:53 30.09.2025. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!