Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Real» «Barselona»ning korrupsiyasi bo‘yicha UYEFAga 500 betlik hujjat topshiradi

«Real» «Barselona»ning korrupsiyasi bo‘yicha UYEFAga 500 betlik hujjat topshiradi

«Real» prezidenti Florentino Peres navbatdagi bor «Negreyra ishi» deb nomlangan mavzuga to‘xtalib o‘tdi. Gap «Barselona»ning Hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidentiga amalga oshirgan to‘lovlari yuzasidan olib borilayotgan surishtiruvlar haqida bormoqda.

«Yaqinda biz «Negreyra ishi» haqida xabar topdik. Bu aql bovar qilmaydigan vaziyat. Bu korrupsion ish. Futbol tarixidagi eng yirik mojaro. «Barselona» ikki o‘n yillik davomida hakamlik uchun pul to‘lab kelgan va o‘sha hakamlar hali ham faoliyat yuritmoqda. Biz darhol UYEFAga tegishli hujjatlarni yuboramiz, chunki bu holat tekshirilishi shart. La Liga — bizning abadiy dushmanimiz. «Barselona» bilan bog‘liq «Negreyra ishi»da tizimli korrupsiya mavjud. Ammo biz kurashamiz. Biz UYEFAga yuborish uchun 500 sahifalik hujjat tayyorlayapmiz», — dedi Peres matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 2025/2026 yilgi mavsumni sovrinsiz yakunlamoqda. Yozda klub bosh murabbiyni almashtirishi kutilmoqda.

Kiritildi: 23:33 12.05.2026. O'qildi: 170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!