Madridning "Real" klubi jamoa bosh murabbiyi italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti rasman klubdan ketayotgani haqida xabar berdi. Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilishdi.
"Real" klubi jahon futboli afsonalaridan biriga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Anchelotti 6 yil ichida klubni 15 ta titul sari yetakladi. Biz unga hayotining yangi bosqichida omad tilaymiz”, – deyiladi "Qirollik klubi" bayonotida.
Oldinroq "Real"ga yangi bosh murabbiyi sifatida ispaniyalik Xabi Alonso tayinlanishi ma’lum bo‘lgandi.
"Real" 2024/2025 yilgi mavsum Ispaniya chempionatida 2-o‘rinni egalladi. Chempionlar Ligasida jamoa chorak finalda Londonning "Arsenal" jamoasiga mag‘lub bo‘ldi