Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Real" 5 yil oldin 30 millionga sotib olgan va asosiy jamoada birorta o‘yin o‘tkazmagan braziliyalik futbolchi o‘z vataniga erkin agent sifatida ketadi

A A A
"Real" 5 yil oldin 30 millionga sotib olgan va asosiy jamoada birorta o‘yin o‘tkazmagan braziliyalik futbolchi o‘z vataniga erkin agent sifatida ketadi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Reynyer faoliyatini o‘z vatani Braziliyada davom ettiradi.

Futbolchi "qirollik klubi" bilan 2026 yil yozigacha bo‘lgan shartnomasini bekor qiladi va erkin agent maqomida "Atletiko Mineyro" safiga o‘tadi.

"Real" hozirda 23 yoshda bo‘lgan futbolchini 2020 yilda "Flamengo"dan 30 million yevroga sotib olgandi. Shundan so‘ng u "Borussiya Dortmund", "Jirona", "Frozinone" va "Granada" klublarida ijarada o‘ynadi. U "qirollik klubi" asosiy jamoasida birorta o‘yin o‘tkazmagan.

Kiritildi: 23:22 03.08.2025. O'qildi: 1448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!