Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" 3 nafar yulduzni transfer qilishdan voz kechdi

"Real" 3 nafar yulduzni transfer qilishdan voz kechdi

Agentlar "Real" erkin agentlarni sotib olishni yaxshi ko‘rishidan foydalanishga intilmoqda. So‘nggi haftalarda Madrid superklubiga Ibraima Konate, Dayo Upamekano va Ruben Nevesh taklif etildi. Bu futbolchilarning barchasi yozda shartnoma muddati tugashi sababli yangi jamoasiga tekinga o‘tishi mumkin.

Qayd etilishicha, "Real" Konate, Upamekano va Neveshni transfer qilishdan voz kechdi. Bu haqda AS nashri sahifalarida xabar berildi.

"Real" hozirda Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Xabi Alonso jamoasi peshqadam "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda. "Qaymoqranglilar" navbatdagi o‘yinini 4 yanvar kuni "Betis"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:42 28.12.2025. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!