Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Real» 2024 yil dekabridan beri ilk sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ldi

«Real» 2024 yil dekabridan beri ilk sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ldi

Madridning «Real» jamoasi 2026 yil yanvar oyida 2024 yil dekabridan beri ilk sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. Ispaniya Superkubogi–2025/2026 yarim finalida 8 yanvardan 9 yanvarga o‘tar kechasi «Atletiko» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan «qaymoqranglilar» musobaqa finaliga yo‘l oldi. 11 yanvar kuni ular chempionlik uchun «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.

2024 yil dekabr oyida «Real» Qit’alararo kubok sohibi bo‘lgan edi. Shundan keyin «Qirollik klubi» Ispaniya Superkubogi–2024/2025, Ispaniya La Ligasi, Ispaniya Kubogi, Chempionlar ligasi hamda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida yakuniy g‘alabaga erisha olmadi.

Kiritildi: 15:25 09.01.2026. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!